Izohli lug‘at
zor
зор
Ma’nolari
- Hasratli yigʻi, nola, afgʻon.
- Muhtoj, intizor.
- Zor yigʻlamoq Qattiq yigʻi-sigʻi qilmoq, nola qilmoq.
- Oripov, Alvido, ustoz.
Misollar
- Chir-qirab yigʻlayotgan haligi bolaning zoriga yana ikki bolaning faryodi qoʻshildi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Keta ber, turmagin, sar-karda, beklar, Quloq soling menday nochor zoriga. — "Murodxon".
- Kim haqqa tashna-dir, kim mehrga zor. Men unga umrimni et-gumdir fido. — A. Oripov — Yillar armoni.
- -Men sizning dallolligingizga zor emasman! — Charos keskin burilib yurib ketdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- -Bir parcha nonga zor edik, — dedi Abdurasul. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Zor yigʻlab, navosiz qolmagay dunyo, Oʻzi chora topmay, yigʻlagay olam. A.
- Kipriklari qayril-ma Qizlar qoldi zor yigʻlab. — "Sharq yuldu-zi". Zor qaqshamoq Qiynalmoq, azob chek-moq.
- -Juda xunuk ish boʻldi-da. ]Qizning] Ona-si zor qaqshab qidirib yurgandir.. — dedi Qoʻshoq ota. — S. Ahmad — Choʻl burguti. Zor qol-gur qargʻ. Qurib ketgur, oʻlgur, sabil qol-gur.
- -Shu zor qolgur toʻn tufayli bizning oilalarimizda qancha koʻngilsiz hodisalar boʻldi, — deydi xotin-qizlardan Sayyora Shamsiyeva. — B. Xalilov — Togʻora tashvishi. Zorim bor, zoʻrim yoʻq. Iltimos qilaman, ammo majbur qila olmayman.
- -Zorim bor, zoʻrim yoʻq, — dedi bobo arava gʻildiragiga yaqin choʻnqayib. — N. Safarov — Olovli izlar. Onayi zor q. ona 1. Xudoning zorini qilmoq Yalinib yolvormoq, oʻtinchli iltimos qil-moq.
- Ota bechora: -Bu niyatingdan qaytgin, oppoq qizim. Ering qobil yigit. Meni otam desang, asti xafa qilma uni. Qoʻshganing bila qoʻsha qarigin! — deb xudoning zorini qilib-di. — H. Nazir — Koʻkterak shabadasi.
Kelib chiqishi
f. jlj — gʻamgin, qaygʻuli; yigʻi, nola
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0