Izohli lug‘at
zora
зора
Ma’nolari
- Qani endi, koshki edi.
Misollar
- Zora amirzodalar yarashishsa, juda maʼqul ish boʻlardida - dedi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Piyoda yuray, zora dilim yozilsa, degan oʻy bilan yoʻlka boʻylab sekin odimladi. — M. Xayrullayev.
- Kel, jigarim, tezroq kel. Zora biron xushxabar keltirgan boʻlsang, — dedi Oynagul Farhodga. — A. Hakimov — Ilon izidan.
Kelib chiqishi
fors. – gʻamgin; yigʻi, nola; baxtsiz
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0