Izohli lug‘at
zot
зот
Ma’nolari
- Bir ajdoddan tarqalgan nayel, avlod; nasl-nasab.
- Biror fazilati, xislati bilan ajralib turuvchi, hurmatli kishi.
- Zoti oliy Oliy zot, ulugʻ inson.
- Umuman, har qanday shaxe, odam.
- Biror tabaqa, ijtimoiy guruh kishi-si, ahli.
- Jins, nav.
- Er(kak) zoti Erkaklar.
- -Oʻzbek tilining izohli lugʻati
- Uloqda beriladigan mukofot.
Misollar
- Ha, Gulnorning tagi past-da. Otasi kim? Onasi kim? Malay, choʻri.. Zotiga tortadi, zoti past. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Balki zamonlar oʻtib, davrlar shamolida Sovurilar qancha zot, yana qancha buyuklik. — A. Oripov — Yurtim shamoli.
- Men soʻrayman millatingni, zotingni, Yashir-mayin aytavergin dardingni. — "Hasanxon".
- Shayx Ismoil ogʻziga kelganini qaytarmay qargʻar, Sanobarni zoti pastdan olib, zoti pastga solar edi. — K. Yashin — Hamza.
- Ulugʻ zot. shsh Bu — Qorabuloq qishlogʻi va atrofiga qozilik qiluvchi maʼlum zot edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- El-ulus sizdek zotlarga gʻoyat muhtojdir [dedi Navoiy]. — Oybek — Navoiy.
- [Maj-lisda) Yuqorida ismlari oʻtgan zotlardan boshqa Homid, Rahmat ham Hasanali bor edi-lar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Berdiboy-ning zoye ketgan oʻn besh yillik mehnatini himoya qiladigan bir zot koʻrinmadi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Olim zoti. Yozuvchi zoti. mi Kar-vonboshi Akromboyni oʻz oldiga chaqirib: -Bu-gun, —
- dedi, — xaridor zotining saroyga kirishiga yoʻl bermang.. — S. Ayniy — Qullar.
- Horamol zoti.
- Doya kelgan-dan soʻng, ichkari hovli erkak zotidan toza-landi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Ayol (yoki xotin, qiz) zoti Ayollar, xotinlar, qizlar; xotin-qizlar.
- Ayol zotining bosh-adogʻi zarga oʻralgani bilan, oʻzi yomon boʻlsa, kimga keragi bor ? — T. Murod — Ot kishnagan oqshom.
- Unga bir vadavang: -Bilmayman, asli qiz zoti bilan gaplashgan emasman, — deb-di. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Uloq hamon joyida yotganini koʻrgan bakovul zot-ni oshirdi. — T. Murod — Ot kishnagan oqshom.
Kelib chiqishi
a. olj — biror narsa egasi; shaxe; asl, mohiyat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0