Izohli lug‘at
zuvala
зувала
Ma’nolari
- \f. "L j j — xamirdan qilingan soqqa] 1 Bitta non yasash yoki bir marta ugra kesish uchun loyiq qilib yumaloqlangan xamir.
- Asos, negiz; tarkib.
- Zuvalasi bir joydan (yoki yerdan) olingan Har jihatdan bir-biriga oʻxshash odamlar haqida. Sizga gapirib, ovozdan ajrash hech narsa emas. Botirov bilan sizning zu-valangiz bir joydan olinganga oʻxshaydi. B. Rahmonov, Oltin odamlar. Zuvalasi pishiq Jismonan pishiq-puxta, yoshiga nisbatan baquvvat, pishiq odam.
Misollar
- U onasi kelganga qadar supradagi un-ni qoqib-suqib, bir zuvala xamir qilib qoʻygan edi. — Oydin — Gulsanam.
- Ziyodaxon, zuvala uzar ekan, hazilomuz javob berdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- [Oysha ona] Supra yozib, zuvala uzdi. — S. Anorboyev — Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar.
- 1952 yilda zuvalasi Oʻzbekiston tuprogʻidan yasalgan birinchi piyola tortik, qilingan edi. — Gazetadan.
- Bolalikda gap koʻp. Bir grajdanga Zuvala boʻladi axir har goʻdak. — A. Muxtor — Sheʼrlar.
- Tovuqlar ogʻzidan yulib olingan jonsiz urugʻ mana bugun kelajakdagi katta rejalarga zuvala boʻlyapti. — S. Mahkamov — Bir juft don.
- Zuvalasi pishiq kichkinagina chol [ Toʻgʻonbekni] shirin soʻz bilan qarshiladi. Oybek, Navoiy.
- U\Joʻra-xon\ oʻn sakkiz yoshli, zuvalasi pishiq, zehni oʻtkir yigit edi. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0