Izohli lug‘at
alam
алам
Ma’nolari
- Jismoniy qiynoq; azob, ogʻriq.
- Ruhiy azob, iztirob. Hijron alami. Judolik alami. Alam chekmoq (tortmoq).
- Qasd, oʻch, qasos.
- Gʻazab, nafrat; zahr.
- Alam qildi. Koʻngilga qattiq tegdi, dilni ogʻritdi; ranjitdi.
- Alam(ini) olmoq.
- qasd, oʻch olmoq.
- biror ish qilib yoki biror ish bilan shugʻullanib, yurakni boʻshatmoq, xafagarchilikni yozmoq, xumordan chiqmoq.
- Isaning alamini Musadan olmoq. Birovdan yetgan ranj, ozor qasdini boshqa, aybsiz odamdan olmoq.
- Alamdan tarqamoq. (yoki chiqmoq)
- alamini olmoq.
- qasdini, oʻchini olmoq.
- gʻazabdan tarqamoq.
- Alamini ichiga yutmoq. Gʻazabini sirtga chiqarmaslik, bildirmaslik.
- = Alam II =
Misollar
- Komil kaltak alamidan hoʻng-hoʻng yigʻlayotgan boladan yana soʻradi. — Hamid Gʻulom — Mashʼal.
- Biz u vaqtlar sevgi nima, sevish, sevilish nima — bularning dard va alami, zavq va shavqi nimaligini ham bilmas edik. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Muncha serpiching boʻlib ketibsiz. Menda alamingiz bormi! — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Erining bosh qorongʻi boʻl, evida boʻl-da degani unga juda alam qilib, xoʻrligi keldi, oʻpkasi toʻldi. — A. Qahhor — Anor.
- Meni tashlab ketganingiz alamini Zaynabdan olmasam, kimdan olay, — dedi kulib Kumush. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Balki alamini ishdan olgandir? — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- [Sobiraxon:] Yigʻladim. oʻtirib xat yozdim. Bu bilan ham alamdan chiqmay, xatni koʻtarib, Komila xolamning oldilariga arzga bordim. — Abdulla Qahhor — Xotinlar.
- Mingboshi tek yotmagan edi, qizining alamini chiqarib olish uchun bahona izlardi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Siz qoʻy demaganingizda, ogʻzi-burnini dabdala qilib, bir alamdan chiqay degan edim. — Parda Tursun — Oʻqituvchi.
- ...alamini ichiga yutib, halovat istaydi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
arab. – ogʻriq, dard
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0