Izohli lug‘at
botmoq
ботмоқ
Ma’nolari
- Suyuqlik, sochiluvchan jism va sh. k. ichiga yorib kirmoq. choʻmmoq.
- Belanmoq, koʻmilmoq; qoplanmoq.
- Gʻarq boʻlmoq, choʻkmoq.
- Bosib, ezib yoki yorib ichiga kirmoq; koʻmilmoq; suqilmoq, sanchilmoq.
- Tiqilib yoki koʻmilib, yurolmay qolmoq, zoʻrgʻa yurmoq.
- Qarzga botmoq Katta miqdorda qarz boʻlmoq.
- Biror ruhiy holatga tushmoq, koʻmilmoq; biror salbiy muhit, gʻoya va sh. k. taʼsiriga berilib yoki girdobiga tushib qolmoq.
- Qattiq tegmoq, ogʻir tuyulmoq.
- Ayil botmoq ayn. qattiq botmoq q. qattiq.
- Ichkari tomon ezilib, botiq hosil boʻlmoq, ichkari kirmoq.
- Ufq orqasiga yashirinmoq, yashirinib, koʻzdan goyib boʻlmoq (asosan Quyosh, Oy haqida).
- Singmoq, hazm boʻlmoq; nasib qilmoq.
Misollar
- Suvga tomgan yogʻ botmas. — Maqol.
- Shokir ota oldida yotgan kerakli asboblarni tez topa olmas, kuvani qidirgan qoʻli shirach kosaga botar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kechagi chorshanba bozor bir sigir oldim deng, yegani quruq xashag-u, sutiga qoshiq botmaydi — shundoqqina qaymoq. — "Askiya".
- Terga botmoq.
- Qonga botmoq.
- Yusufbek shunday qarasa, Amirbek oʻzidan ketib qolyapti, hamma yeri bilchshiab, qonga botib kelayapti. — "Yusuf va Ahmad".
- Zambarakning oʻqi tegdi sonima, Oq koʻylagim botdi qizsh! qonima. — "Qoʻshiqlar".
- Otlar oppoq koʻpikka botgan, har junidan ter ketgan.. — "Yusuf va Ahmad".
- Madaminning yoʻgʻon, semiz qora barmoqlari yoqqa botgan guruchlar orasida oʻrmalay boshladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- [Rukniddin] terga botib, suv boʻlib ketgan edi. — Mirmuhsin — Temur Malik.
- Dushman kemasi suvga botdi.
- Tavakkalchining kemasi botmas. — Maqol.
- Badaniga achchiq qamchi botibdi. — "Yusuf va Ahmad".
- Etak yarim boʻlar-boʻlmas, bogʻichi boʻynini kesib tborguday botadi. — S. Nurov — Narvon.
- Bilag-uzuk bilagima botadi. Usta yigit roʻmolimdan tortadi. — "Qo'shiqlar".
- Ularning oʻlimi bu xoin cholning Koʻksiga xanjardek abadiy botdi. — X. Davron — Qaqnus.
- Qilich, nayza sindi-da, Ikkoviga botmaydi. — "Nurali".
- Etigi toʻpigʻigacha loyga botib ketdi. — "Yoshlik".
- Baʼzan Bektemir tizzagacha loyga botadi. Kalavlanadi, yiqiladi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Oldinda barxan tepa paydo boʻlib, mashina undan oʻta olmay, gʻarillay-gʻartlay qumga botib qoldi. — M.Mansurov — Yombi.
- Tizzasigacha tuproqqa botib, bir yonboshiga qiyshayib qoldi. — S. Ahmad — Ufq.
- Otamurodni uylantirganlarida qarzga botdi. — "Sharq yulduzi".
- Sherbek xayolga botib, uzoq jim qoldi, soʻng chuqur uh tortdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Gulnor boshini egib, chuqur sukutga botdi, bir lahzada yuzini iztirob koʻlankasi qopladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ularga tikilib goh jilmaydi, goh qaygʻuga botdi. — "Yoshlik".
- Gunohga botasizlar! Bor, yuz-qoʻlingni yuvib chiq, xazon boʻlgur. — Hamza.
- -Dadasi! Gunohga botmang, dadasi! — dedi chirillab. — O'.Hoshimov — Ikki eshik orasi.
- Bu gap menga ancha ogʻir botdi, lekin chidadim. — "Yoshlik".
- Isfandiyorning beandisha mulohazasi bosh vazirga ogʻir botdi. — S.Siyoyev — Avaz.
- Lodon deding, sening soʻzing menga botibdi, Shunday lodon necha devni yutibdi. — "Malikai ayyor".
- Bu gaplar Nazokatga qattiq botdi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Ayil botadigan joyi shundaki, oʻz ayblarini yashirish, odamlar fikrini chalgʻitish niyatida sofdil kishilar ustidan tuhmatlar uyushtiradi. — "Mushtum".
- Ali tajang bir tomoni ichiga botgan kaskasini.. koʻzigacha bostirib kiydi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Uning qizarinqiragan koʻzlari ich-ichiga botib ketgan edi. — S. Zunnunova — Olov.
- Kun qizarib botsa, qizingni uzat, Tong qizarib otsa, tomingni tuza t. — Maqol.
- Oy botsa ham, boy yotmas. — Maqol.
- Mana uzzukun butun borliqni qizdirib, oʻz kuchini koʻrsatgan quyosh ufqni olovlantirib botmoqda. — Gazetadan.
- Birovni norozi qilib olingan non menga botmaydi. — "Sharq yulduzi".
- Ayronni qanday ichayin, Och yuragimga botmaydi. — "Nurali".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0