Izohli lug‘at
chin
чин
Ma’nolari
- . Haqiqiy hol, ish, gap, hodisa va sh. k.; rost, toʻgʻri.
- . Haqiqiy, haqqoniy, chinakam.
- . Asl, haqiqiy, chinakam.
- Chin koʻngildan (yoki qalbdan, yurakdan) Astoydil, samimiy.
- Chin maʼnosi bilan Asl, haqiqiy maʼnosi bilan; tom maʼnosi bilan.
- Chini bilan Hazilsiz, rostdan, haqiqatan, darhaqiqat.
- =chin II=
Misollar
- Otamning yoʻqdir tayini, Men aytay gapning chinini. — "Nurali".
- Shu onda xavotiri chinga aylandi. — "Sharq yulduzi".
- Chin vaʼda. Chin soʻz – moʻʼtabar, Yaxshi soʻz – muxtasar. — Maqol.
- Oh, shirin hayot, chin yoʻldosh.. har bir jihatdan komil, fozil inson boʻlsa.. — Hamza — Tanlangan asarlar.
- U bu ayolning, tili achchiq boʻlishiga qaramay, chin dildan orttirib bergan pullarini sira unutgani yoʻq edi. — "Yoshlik".
- U chin maʼnosi bilan odam.
- Xullas, chin maʼnosi bilan serhosil qishloq. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Chini bilan ham Hojining tusidagi boyagi hasrat va qaygʻu alomatlari yoʻqolib, ularning joyini sharq otaligi vaziyati oldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Kelib chiqishi
Ushbu so‘z Eski Turkchaga Xitoychadan olingan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0