Izohli lug‘at
daraja
даража
Ma’nolari
- . Ish-harakat, xususiyat yoki holatning meʼyori, chegarasini anglatadi; koʻpincha aniqlovchilar bilan ishlatiladi.
- . Tadrijiy yoki nisbiy taraqqiyot, rivojlanish pogʻonasi; saviya, yuksaklik oʻlchami.
- . Mansab pogʻonasi, rutba, martaba.
- . Ilm-fan sohasidagi ishlari uchun maʼlum qoidalar va talablar asosida beriladigan ilmiy unvon.
- . Oʻz ixtisosi boʻyicha erishilgan malaka pogʻonasi.
- . Jamiyatda, hayotda, kishilar oʻrtasida tutgan oʻrin, martaba, eʼtibor.
- . Sira, karra, bor, marta.
- Bir oz, ozgina, andak.
- . mat. Burchak va aylana yoyining oʻlchov birligi; toʻgʻri burchakning 90 dan bir yoki doiraning 360 dan bir boʻlagi; gradus.
- . Termometr, barometr va shu kabi oʻlchov asboblari shkalasidagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan boʻlimlar hamda shu boʻlimlar ifodalaydigan harorat miqdori.
- . mat. Teng koʻpaytiruvchilarning koʻpaytmasi, bir sonning oʻzini oʻziga koʻpaytirishdan olingan natija.
- . tlsh. Belgi-xususiyatning ortiq-kamligini ifodalovchi grammatik kategoriya, shakl.
Misollar
- Traktor quloqni qomatga keltiradigan darajada tarillab ishlaydi. — E. Usmonov — Yolqin.
- Bilim darajasi.
- Oʻrta darajadagi tibbiyot xodimlari.
- Beshinchi darajali payvandchi.
- Oʻtirishdilar, fotihadan soʻng yana bir daraja ahvol soʻrashildi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Dahshati yuz daraja ortgan holda Kumushni koʻtarib olib, ichkariga kirdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Onasining lutf qilib aytgan soʻzlari Boburning hujradan olgan zavqini yana bir daraja oshirdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Hoji shu javobdan keyin oʻgʻlidan bir daraja qanoatlandi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Biz yuqorida yosh Xushroʻy bilan oʻquvchini bir darajada tanishtirgan edik. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Anvar, yaxshigina forsixon va bir darajada arab tiliga oshna edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Suv 100 darajada qaynaydi.
- Kasalning isitmasi 38 darajadan oshibdi.
- Harorat hozir qirq darajadan tushyapti. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Oʻnning ikkinchi darajasi yuz.
- Odamlar uyni boshlariga koʻtarar darajada xandon tashlab, qattiq kuldilar. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Otabek qiziq holatda qoldi, bir turli titrab ketdi, koʻzlari qinidan chiqar darajaga yetdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Tomogʻi qirilar darajaga yetdi. — "Sharq yulduzi".
- Ular [suratlar] orasida mukammal darajaga yetganlari ham oz emas. — M. Xayrullayev — Tilla marjoy.
- Uning xotirasi hayratda qolarli darajada boy va tiniq edi. — Gazetadan.
- Darslarning oson-qiyinlik darajasini oʻquvchining oʻzi aniqlagani yaxshi. — "Fan va turmush".
- Bolaning yigʻisi bu motamsaro muhitda yuraklarni tilka-pora qilarli darajada ayanchli edi. — F. Musajonov — Himmat.
- Unga shu darajada pul vaʼda etilgan ediki, bu pulga uch arava sotib olish mumkin edi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Turmush darajasi.
- Texnikami hozirgi zamon talablari darajasiga koʻtarmoq.
- Boʻsh vaqt ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot darajasiga bogʻliq boʻlib, oʻzi bu taraqqiyotning bevosita natijasi hisoblanadi. — "Fan va turmush".
- Fan va texnika, sanoat shu darajada tez taraqqiy etyaptiki, uni tovush emas, yorugʻlik tezligi bilangina qiyoslash mumkin. — Gazetadan.
- Anvar bosh munshiylik darajasini olgandan keyin, maxdum ilgarigi siyosatni davom ettirish va ettirmaslik toʻgʻrisida ikkilanib qoldi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Zarbof toʻn kiygan, beliga tilla kamar bogʻlagan sersoqol eshikogʻa birinchi vazir darajasidagi katta bek edi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Ilmiy daraja.
- Fan nomzodi darajasi.
- Fan doktori darajasi.
- Ilmiy kengash kashfiyotimni koʻrib chiqib, yaxshi baholabdi va menga meditsina fanlari doktori darajasini berishga qaror qilibdi. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Shu kuni Umidning qishloq xoʻjalik fanlari nomzodi darajasini olishi uchun berilgan yashirin ovoz natijasi eʼlon qilindi. — Mirmuhsin — Umid.
- Darajalari baland boʻlsin! — (duo) — yaxshi tilak.
- Har kim oʻz darajasiga koʻra har vaqt oʻtiradigan oʻrnida qaror topdi. — Oybek — Navoiy.
- Hovli yuziga toʻshalgan sholcha va kigizlarda ikkinchi darajadagi odamlar oʻtirishi kerak edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- U oʻtirganlar bilan ularning amal va darajalariga karav, kuyuk-suyuq koʻrishib chiqdi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- 70 darajali burchak.
- Bugun sovuq 20 darajaga yetgan.
- Umuman bakteriya.. 160-180 daraja issiqqa chidaydi. — "Fan va turmush".
- Sifat darajalari.
- Ozaytirma daraja.
- “Daraja kategoriyasi maqolachasida sifat darajalari bosh daraja, orttirma daraja, ozaytirma daraja, deb uchga boʻlinadi. — "OʻTA".
Kelib chiqishi
[a. - bosqich; martaba, unvon; zina]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0