ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

diydor

дийдор

Ma’nolari

  1. . Kishining yuzi, jamoli, ruxsor; bashara.
  2. . Uzoq ayriliq, soginchdan keyin koʻrishish, uchrashish.
  3. . Mehribonlik, gʻamxoʻrlik.
  4. Bola (yoki gul, mol) bahona, diydor gʻanimat Biror narsani vaj qilib, biror maqsadni amalga oshirmoq.
  5. Diydor koʻrishguncha Yana koʻrishguncha, xayr (xayrlashuv iborasi).
  6. Diydor koʻrishmoq Uzoq ayriliq, intizorlikdan keyin uchrashmoq, yuz koʻrishmoq.
  7. Diydor koʻrsatmoq Oʻzini namoyon qilmoq; koʻrinish bermoq, koʻrinmoq.
  8. Diydor ochmoq Yuzini ochib koʻrsatmoq.
  9. Diydor — gʻanimat! Bu oʻtkinchi dunyoda tez-tez koʻrishib, uchrashib turaylik, degan maʼnoda ishla-tiladigan ibora.
  10. Diydor qoʻshmoq Nasib qilmoq.
  11. Diydori oʻchsin (yoki qursin) Afti qursin, qurib ketsin.
  12. Diydoriga zor boʻlmoq Kimsani koʻrishga mushtoq boʻlmoq.
  13. Diydoriga muyassar etmoq (yoki qilmoq) Diydor koʻrsatmoq, yuz koʻrsatmoq.
  14. Diydoriga toʻymoq Sogʻingan yoki sevgan kishisini koʻrib, vasliga toʻymoq, xumordan chiqmoq.
  15. Qiyomat diydor boʻlmoq Yuz koʻrishmaydigan boʻlib ketmoq.

Misollar

Kelib chiqishi

fors. – tashrif; uchrashuv; tashqi koʻrinish, yuz

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish