Izohli lug‘at
hayf
ҳайф
Ma’nolari
- . Arzimaslik, munosib emaslikni, achinishni bildiradi; attang, afsus, esiz.
- . Tan olmaslikni, eʼtirozli munosabatni bildiradi.
- Hayf ketmoq Bekor, befoyda ketmoq.
- Hayf koʻrmoq Biror narsaga loyiq, munosib hisoblamaslik, noloyiq topmoq.
- Hayf qilmoq Bekor ketkazmoq.
- Hayfi kelmoq Achinish bilan qaramoq, achinmoq.
Misollar
- Churuk uyingga hayf shunday farishta! — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Nima qilasiz surishtirib? Hayf maktab, hayf bularga sarf boʻlgan pul! — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Yoʻq, adras hayf, Raʼno, — dedi toʻnni tahiga solib [maxdum], — haligi boʻzni beraver! — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- ..hatto koʻchalarda uni toʻxtatib, "hayf senga" deganlarning koʻpligini jigʻibiyron boʻlib gapirdi. — Oybek — Nur qidirib.
- Hayf shunaqa ovqatga.. axir menga ham kalla goʻshtidan qilingan ovqat keltirasanmi?! — "Mushtum".
- Nima deyapsiz oʻzingiz?.. Kap-katta odam.. Hayf sizday oqsoqolga! — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- ..shuncha vaqti hayf ketganiga afsuslanib, yana shitob bilan yozishga kirishdi. — X. Sultanov — Onamning yurti.
- Afandi uning soxt-sumbatiga qarab turib: "Oʻn besh kundan keyin oʻlasan, dori hayf ketadi, — dedi." — "Mushtum". —
- ..siz boʻlsangiz, benzinni hayf koʻrib yuribsiz. — N. Safarov — Katta karvon yoʻlda.
- Maynani boshdan-oyoq koʻzdan kechirib, oydek yosh juvonni eski-tuski kiyim-kechakda hayf koʻrdi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Qizining bir yillik umrini hayf qilish onaga mumkin emasday koʻrinardi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Maynaning bu ulugʻ, sodda kishilarning goʻshtsiz shavla, yogʻsiz non yeyishlariga hayfi keldi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
Kelib chiqishi
arab. – adolatsizlik, nohaqlik va shundan yetgan ozor, alam
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0