Izohli lug‘at
ketmoq
кетмоқ
Ma’nolari
- Oʻz turgan joyini tark etmoq, oʻz turgan joyidan boshqa tomonga yoʻl olmoq; bormoq.
- Biror mashgʻulot, xizmat yoki vazifani tark etmoq, tashlamoq.
- Tamom boʻlmoq, tugamoq, oʻtmoq (vaqt haqida).
- Yoʻq boʻlmoq, yoʻqolmoq, arimoq.
- Olamdan oʻtmoq; oʻlmoq.
- Sarf boʻlmoq, ishlatilmoq.
- Oʻtmoq, sotilmoq, pullanmoq.
- Muayyan maqsad yoki sabab bilan bi-ron joyga, ish-faoliyat joyga tomon yoʻl olmoq; joʻnamoq.
- Davom etmoq; bormoq, boʻlmoq.
- Ish-faoliyatning biror sohasi, yoʻnalishi bilan bormoq, davom etmoq.
- Tarqamoq, borib yetmoq (ovoza, dovruq va shu kabilar haqida).
- Ishdan chiqmoq ( sinmoq, yorilmoq, yirtilmoq kabi maʼnolarni ifodalaydi).
- Yarashib tushmoq (kiyim haqida).
- Isteʼmol qilinmoq, yeyilmoq yoki ichilmoq; oʻtmoq.
- (asosan boʻlishsiz shaklda - ketmaydi). Qoʻshilmaslik, maʼqul emaslikni bildiradi.
- Sigʻmoq, joylanmoq.
- Ravishdoshning -(i)b yoki -a/-y qoʻshimchali shakllariga birikib, harakatning tugal, toʻsatdan, davomli bajarilishi kabi maʼnolarni bildiradi.
Misollar
- Bu yerdan hech yoqqa ketmayman.
- Kelmoq ixtiyor bilan, ketmoq ijozat bilan. — Maqol
- [Yoʻlchi:] Unsin, bu oila qanday? Ketasanmi yo bu yerda qola turasanmi? — Oybek — Tanlangan asarlar
- Agar oralaringizga sovuqchilik tushadigan boʻlsa, sen oʻchakishib yurma, yaxshisi.. bu uydan ketish harakatini qil! — Andulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Mehmonlar uch kun turib, ketishdi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Gulnor, qishloqdan ketib, choʻlda oʻrnashib olsak, qulogʻim tinchir, deb oʻzini oʻzi yupatdi. — Said Ahmad — Ufq
- Ishdan ketmoq.
- O‘qishdan ketmoq.
- Senday aqli raso, tushunadigan odam boʻlsa, zavoddan ketmas edim. — Abdulla Qahhor — Qanotsiz chittak
- Xotiningizni nega tashlab ketganingizni ayting.. Yarashasizmi yo institutdan ketasizmi, shuni ayting. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Boʻlinglar, vaqt ketyapti.
- Vaqting ketdi - baxting ketdi. — Maqol
- Shunday rohat turmush im izdan, shunday shirin umrimizdan darroye bir yili ketdimi! Oh, dod deyman. — Abdulla Qahhor — Nutq
- Dalalardan qor ketdi.
- Kiyimning dogʻi ketmadi.
- Hasrat tugagandan soʻng, Otabekning yuzidagi boyagi yarim jiddiylik ketib, uning oʻrnini oʻychanlik oldi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Qadah toʻxtab qoldi. Suhbatdan nechukdir fayz ketdi. — Abdulla Qahhor — Qanotsiz chittak
- Kun boʻyi quloqlari ostidan juda gʻalati.. olis-olislarga chorlovchi ajib bir musiqa ketmadi. — Odil Yoqubov — Er boshiga ish tushsa
- Men oʻn beshga kirganda, ayam oʻldi. Hali qirqqa bormagandi. Yosh ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Ming martaba shukur boʻlsin parvardigorga, Mendan rozi ketgan ekan qiblagohlarim. — Abdulla Oripov — Jannatga yoʻl
- Yoʻl xarajatiga hammasi boʻlib ellik soʻm ketdi.
- Bu ishni bajarishga koʻp vaqt ketadi.
- Roʻzgʻorga ketadigan narsalar.
- Kuch koʻp ketadi, lekin ekinlar ichida bundan [paxtadan] serdaromadi yoʻq. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Tez ketadigan mol.
- Xullas, yer juda arzonga ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Qiiyuqqa ketmoq. Armiyaga ketmoq. Ishga ketmoq. Toʻyga ketmoq.
- Kuniga oqshom tushsa, Martindan qoʻrqib, koʻchaga chiqmay, tuzsiz makaron chaynab yurguncha, shahrimga ketaman. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Shirmonjon ona shu ahvolda tong ottiradi-yu, yana dalaga terimga ketadi. — Saida Zunnunova — Olov
- Imtihon ketyapti.
- Majlis ketyapti.
- Oʻrmonjon, odatda, ish sustroq yoki yomonroq ketayotgan uchastkalarga borar edi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Agar biz yerning doliguliga kelishini kutib oʻtirsak, vaqtdan yutqazadiganga oʻxshaymiz, havo shunday ketavermas [dedi brigadir]. — Nazir Safarov — Xadicha Ahrorova
- Akasi uchuvchi edi, ukasi ham uning orqasidan ketdi.
- Bola otasi izidan ketib, oʻqituvchi boʻldi.
- Butun oilasi bu yerga rezavor ekib, mumkin qadar eldan burunroq bozorga chiqarib, "pul" qilishga tirishar edi. Abdishukur bu yoʻldan ketmadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Shuhrati butun dunyoga ketdi.
- Ammo nomi tildan-tilga oʻtib, butun frontga dovrugʻi ketgan bu qizning oʻyida faqat Normat kechardi. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- Uning taʼrifi uzoqlarga ketgan. — To‘xtash Ashurov — Oq ot
- Shimim tizzasidan ketdi.
- Aravaning tagidan dehqonning ayanchli tovushi eshitildi: -Oʻqi ketibdi, ish pachava. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bu kostyum senga juda ketibdi.
- Issiq kunda palov uncha ketmaydi.
- -Chuchvaradan keyin choy juda yaxshi ketadi-da, - dedi Boqijon Baqoyev, yuzidagi terni artib. — Abdulla Qahhor — Adabiyot muallimi
- -Him, oqsoqol majlisni qadimgi zamon usulida tarafkashlikka aylantirmoqchi ekan-da. Ketmaydi, - dedi Abdurasul. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Bu samovarga uch litr suv ketadi. Zalga ikki yuz kishi ketadi.
- Qizarib ketmoq.
- Gʻovlab ketmoq.
- Charchab ketmoq.
- Qoʻrqib ketdi.
- Mashina birdan gʻuvillab yurib ketdi.
- Oʻz maqsadini tushuntira ketdi.
- Yoʻrgʻalay ketdi.Besh ketmoq - besh.Suv tekin ketdi - juda arzonga sotildi.Oʻzidan (yoki hushidan) ketmoq - hushini yoʻqotmoq, kushsizlanmoq.
- -Hushimdan ketib qoldim, keyin nima boʻlganini bilmayman, - dedi Hoji xola. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otgunchaZil ketmoq - ichdan ezilgan holatga tushmoq.
- Natijada yutuqlarimizni koʻrolmay, ich-ichidan zil ketayotgan dushmanlarimiz sharmandayu sharmisor boʻldi. — Nazir Safarov — Olovli izlarMukkasidan ketmoq - nihoyatda berilmoq.
- U shaxmatga shunaqangi mukkasidan ketganki, agar Fargʻona vodiysida bu oʻyinga jonini tikadigan odam ikkita boʻlsa, shuning bittasi - Ahmadjonov. — "Guldasta"
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0