Izohli lug‘at
laqab
лақаб
Ma’nolari
- . Biror xususiyatiga koʻra, kishiga hazil qilib yoki masxaralab berilgan qoʻshimcha nom; shuningdek, maʼlum maqsadda oʻzgartirib olingan nom.
- . taxallus. -
- . familiya.
- . Hayvonlarga qoʻyilgan nom.
Misollar
- Unga "Mitti laqabini qaysi hazilvon qoʻygan boʻlsayam, topib qoʻyibdi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Qismda yosh jihatdan hammadan kichik, boʻyi hammadan past boʻlgani uchun "duvarak" deb laqab qoʻyilgan.. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Men amir odamlari qoʻlidan qochib, yigirma besh yildan beri oʻz joyimni oʻzgartirib, "xatirchilik" laqabi bilan yurmoqda edim.. — S. Ayniy — Qullar.
- Muhammad Aminxoʻjani endi xalq Muqimiy deb taniy boshladi. Seni ham xalqqa bir laqab bilan tanitishni istayman! Sening laqabing Mavlaviy boʻlsin! — dedi ustoz. — S. Abdulla — Mavlono Muqimiy.
- Chalma va Medunka laqabi boʻlgan ikkita gʻunajinning suti tekshirib borildi. — N. Mavlonov — Qoramolchilik.
Kelib chiqishi
arab. – ikkinchi nom; laqab; taxallus
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0