Izohli lug‘at
loy
лой
Ma’nolari
- Nam taʼsirida yoki suv bilan qorishib, yumshoq va yopishqoq massa holiga kelgan tuproq.
- Suv ostiga oʻtirib qolgan togʻ jinslaridan, qum, tuproq zarrachalaridan hosil boʻlgan choʻkindi; balchiq (baʼzi turlari shifobaxsh boʻlib, davolash maqsadlarida ishlatiladi).
- Tuproqni suvga qorib, baʼzan somon, jun kabi narsalar aralashtirib tayyorlangan maxsus qurilish materiali.
Misollar
- Yomgʻir yogʻdi - koʻcha loy boʻldi.
- Mashina loy sachratdi.
- Bola suvni koʻp sepib, yerni loy qilib yuborgan edi. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- Deyarlik har qadamda bir poy kavushi oyoqdan tushib, loyga botar, qiz engashib olar.. edi. — Oybek — Tanlangan asarlarLoy boʻlmoq - 1) loy tegib ifloslanmoq.
- Adolat ajriq kovlagan edi, barmogʻi loy boʻldi. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat 2) xijolatdan, uyatdan qizarib, yerga qaramoq, noqulay ahvolda qolmoq.
- Ariqning loyini tozalamoq.
- Somonli loy.
- Kulol loyi.
- Loy qilmoq.
- Loy pishitmoq.
- Loy suvoq.
- Sovuqda loy qorib, oyogʻimiz kesak, burnimiz sholgʻomday boʻlib ketdi. — Ergash Raimov — Ajab qishloqIshning tagi loy - ishning oqibati yomon, chatoq.Loy chaplamoq - xunuk, noqulay, haqoratli vaziyatga qoʻymoq; bulgʻamoq.
- Firibgarlik, zimdan uzatilgan qancha-qancha pora obroʻli kishilarni jarga uloqtirdi, vijdonlariga loy chapladi. — GazetadanLoyga bulgʻamoq (yoki belamoq) - qoralamoq, yerga urmoq; dogʻ tushirmoq, isnod keltirmoq.
- Butun Oltinsoyga mazax boʻlganingni bilasanmi? Or-nomusimni loyga belading, dogʻ oʻlguncha ketmaydigan boʻldi. — Sharof Rashidov — Boʻrondan kuchliSuv boshidan loy - ish yuqoridan buzilgan, ishni avval boshliq buzgan.
- -Agar komissiya raisi, - dedi Shukur, - tuzuk odam boʻlsa edi, Oʻrmon polvonning gapiga kirib surishtirmasdan, tekshirmasdan shuncha urardimi? -Suv boshidan loy, - dedi Gʻoyib. — Ayniy — Qullar
Kelib chiqishi
Forschadan - لای - balchiq, loyqa; choʻkindi; botqoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0