Izohli lug‘at
musofir
мусофир
Ma’nolari
- Safar-dagi kishi; sayyoh.
- Boshqa yerdan kelgan yoki boshqa yerda yashovchi; kelgindi.
- Oʻzga, yot (el-yurt haqida).
Misollar
- Har shahardan har shahar-ga yuramiz, Bir musofir bizlar gado boʻlamiz. — "Shirin bilan Shakar".
- Boy mehmonxonaga kirganda, musofir yostiqqa bosh qoʻyib uyqu-ga ketgan, bahuzur yoʻl hordigʻini chiqarayot-gan edi. — U. Ismoiliy — Saylanma.
- Bundan oʻn sakkiz yil burun bu qiiayuqning bir burchagida musofir bir temirchi boʻlar edi. — A. Qahhor — Sarob.
- Qizim-ni musofirga bermayman, deb qoʻyarmikan. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- -Rah-mapii otam musofir ellarda.. mening nima boʻlishimni ham oʻylamaganmikan? — dedi Hojixola. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Biz uzoq judolikdan keyin musofir yurtda uch-rashgan aka-ukalardek quchoqlashib ketdik. — O. Yokubov — Izlayman.
Kelib chiqishi
a. مُسَافِر - safarga chiq-qan, sayoqatchi, yoʻlovchi; mehmon
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0