Izohli lug‘at
notavon
нотавон
Ma’nolari
- . Hol-qudrati yoʻq; zaif, nimjon, nogiron.
- . Nochor, bechora.
- Notavon koʻngil yoki notavon koʻngilga qoʻtir jomashov Oʻziga munosibidan koʻra yuqoriroqni, yaxshiroqni istab qolgan yoki oʻziga nomunosib ish qilgan kishiga nisbatan aytiladigan ibora.
Misollar
- Notavon kampir.
- [Gulbahor:] Men gʻurbat tortib, bagʻri ezilgan bir notavonman, rahm qiling! — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- -E-he, notavon koʻnglim qursin, shunday qahramon yigit turganda, mening Shokirvoyimni boshiga boshvoq qilarmidi, — dedi Zokir ota. — A. Muhiddin — Zeboning sevgisi.
- Bilgan u dedi, bilmagan bu. Hatto ogʻziga kuchi yetmagan baʼzi birovlar.. "Notavon koʻngilga qoʻtir jomashov", deb luqma tashlashardi. — S. Siyoyev — Rayhon.
Kelib chiqishi
fors. – boʻsh, kuchsiz, nimjon; kambagʻal, qashshoq; bechora
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0