Izohli lug‘at
qadar
қадар
Ma’nolari
- . (b. k. bilan) Taqqoslash, oʻxshatish, daraja munosabatlarini, maʼnolarini bildiradi; kabi, oʻxshash, —dek.
- . (j. k. bilan) Chegara munosabatini, maʼnosini bildiradi; dovur, -gacha.
- Bir qadar - maʼlum darajada, bir oz, birmuncha, sal.
- Mumkin qadar Imkoni boricha, iloji boricha.
- U qadar 1) unga teng keladigan, unchalik.
Misollar
- Kosani olib, katta qoshiq bilan shoshib-pishib ichdi. Kosada osh uch ellik qadar ozaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Dunyo qadar mardlik siqqan keng quchogʻingga, Yashiringan million xalqning gʻazabli sasi. — H. Poʻlat.
- Biz oʻzimizni ichkariga olgach, darvozabon oʻzining hazmi koʻtargan qadar bizga toʻngʻillaydir-da, darvozani berklash harakatiga tushadi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Uydan vokzalga qadar. Yetti yashardan yetmish yashar-ga qadar.
- Darvoza ostini to hamsoyalar eshigiga qadar supurib kirib oʻltirib, onalari bilan choy ichmoqqa mashgʻul boʻlar erdi. — Hamza — Tanlangan asarlar.
- Shu yilning oxiriga qadar korxonada beshta dastgoh tayyorlanada. — — Gazetadan
- Bu ishlar bir qadar bitgandan keyin, Sidiqjon onasini olib kelgani Bahrobodga bordi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ikki ogʻa-ini bir qadar sarosimaga tushib, oʻrinlaridan turishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qambar mahallaning nomini aytib, u yerdagi tor kucha, boshi berk koʻchalarni, eshiklarni mumkin qadar sinchiklab tushuntirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Boʻlib oʻtgan voqeaga mumkin qadar beozor baho berib, qizni unutib, tinchishni istar.. edi. — "Sharq yulduzi".
- Masalani u qadar yecholmasam kerak; 2) aytishga arzigudek deyarli.
- Uning nimasi meni oʻziga tortar ekan? U qadar goʻzalligi ham, boshqa odamlardan ortiqligi ham yoʻq-ku! — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0