Izohli lug‘at
ruhiy
руҳий
Ma’nolari
- i-=*-jj ruhiy maʼnaviy, botiniy, axloqiy] 1 Kishining ruhiga, ruhiy kay-fiyatiga, ichki kechinmalariga oid, ular bilan bogʻliq boʻlgan.
- Ruhiy yengillik (yoki tetiklik) Kayfiyati yaxshilik, dimogʻi (kayfi) chogʻlik, xursandlik.
- ayn. maʼnaviy 1.
Misollar
- Ruhiy holat. Ruhiy koʻtarinkilik. Ruhiy ezilish. n
- Muttasil ruhiy azob chekkan odam hamisha yangi zar-balarga chogʻlanib turadi. — S. Ahmad — Ufq.
- Hafiza noumid uyga keldi. U soʻnik, kayfi past edi. Baʼzi qizlarga oʻxshab ichki ruhiy holatini yashira olmas — xafaligi darrov bilinib qolardi. — Mirmuhsin — Umid.
- Kasaldan turgan har qanday odamda boʻladigan allanechuk bir ruhiy yengillik uning ham qalbiga quvonch toʻldirdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Kechagi baxtiyor damlarini eslashning oʻziyoq Yodgorga baland bir ruhiy tetiklik bergan edi. — U. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Ruhiy kasalliklar Bosh miya faoliyatining buzi-lishidan kelib chiqadigan, ruhiy faoliyat-ning funksional oʻzgarishidan to uning butunlay buzilishigacha boʻlgan holatlarda namoyon boʻluvchi kasalliklar.
- Ruhiy oziq. yash Al-lalarda onaning ruhiy dunyosi, farzandga boʻlgan muhabbati, orzu-oʻylari aks etadi. — "Saodat".
- Unda atrofimizda boʻlayotgan ekologiya halokati emas, balki ruhiy olamning halokati aks ettirilgan. — "Mushtum".
- [Sun-natillo maxsum Shukrulloga:] Sen ularga ruhiy oziq berasan, men moddiy tomondan suyayman. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0