Izohli lug‘at
sabr
сабр
Ma’nolari
- . Biror holat yoki hodisani bardosh bilan kutish, qanoat qilish; oʻzini tiyish.
- . Gʻam-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish, bardosh berish.
- Sabr kosasi toʻlmoq Ortiq chidash yoki kutishga toqati qolmaslik, toqati toq boʻlmoq.
- Sabr qilmoq Toqat, chidam bilan kutmoq.
- Sabri chidamaslik Sabr qilolmaslik.
Misollar
- Sabr tagi — sariq oltin. — Maqol.
- Banda deganning sabrdan boshqa chorasi yoʻq. — Hamza — Tanlangan asarlar.
- Sabr — inson irodasining toji! — dedi Joʻraxon Majidga. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Xalqning sabr kosasi toʻldi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Sabr qilsang, gʻoʻradan halvo bitar, Sabrsizlar oʻz oyogʻidan yitar. — Maqol..
- Bir oz orqamni oʻgirib, indamay yotdim, u ham churq etmadi. Sabrim chidamadi, qayrilib qaradim. — Oydin — Hikoyalar.
- Barno yoʻq ekan, bir oz kutdi, kelavermagach, oʻtirishga sabri chidamay, idoradan chiqdi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
Kelib chiqishi
arab. – chidam, bardosh, iroda, qatiyat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0