Izohli lug‘at
tabiat
табиат
Ma’nolari
- Butun mavjudotni oʻz ichiga olgan olam, borliq.
- Insoniyat va hayvonotdan oʻzga olam.
- Oʻt-oʻlan, oʻsimlik va b. narsalar band etgan tevarak-atrof, qir-adir, oʻrmon va sh.k. lar.
- Yer sathining maʼlum bir jihatini aks ettiruvchi belgi, xususiyat yoki holati.
- Inson ruhiyatiga xos asosiy, turgʻun xususiyatlar majmui; xarakter, feʼl.
- Past tabiat Ziqna, qizgʻanchiq, xasis.
- Narsaga xos biror belgi, xusu-siyat.
- Kayfiyat, ruhiy holat.
- Did, farosat.
- Toʻqim tabiat q. toʻqim.
- Yaratuvchi, ato etuvchi, boshqaruvchi ilo-hiy kuch-qudrat timsoli.
Misollar
- Tabiat zap qiziq narsa-da. Unda hamma narsa mavjud, hamma narsaningoʻzoʻrni, oʻzmavqei bor. — N. Fozilov — Diydor.
- Tabiatning hech kimga boʻysunmay-digan, birovdan ruxsat ham soʻrab oʻtir-maydigan qonunlari bor. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Kuzda tabiatning jonli va faol vakili — odam organizmi ham tini-qadi. — Gazetadan.
- Tabiat bilan odam bolasi qiyoslansa, bir-biriga oʻxshashi aqlni hayratga soladi. — Gazetadan.
- Ketdi qirdan turna ham, Boʻshab qoldi tabiat.. — A. Oripov — Yurtim shamoli.
- Tabiatda uchraydigan mineralgarning baʼzi-lari sanoat ahamiyatiga ega. — Gazetadan.
- Otabek tabiatning shu koʻrkam va latif koʻrinishiga maftun boʻlib, bir oz yotgandan keyin, "Ul ham boʻlsa edi", deb oʻyladi va uzoq tin olib qoʻydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Tabiat sokin, ufq jimir-laydi.. — A. Muxtor — Chinor.
- Tabiat oʻz tilida roz aytib shivirlar ekan, yigit bundan oʻz quvonchining madhini oʻqirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Kechagi changbosti yomgʻir ta-biatga husn berib ketganidek, odamlarning ham bahridilini ochib yubordi. N. Fozilov, Diydor.
- Bu yerning goʻzal tabiati va zilol suv manbalari odamlarga orom bagʻishlaydi. — Gazetadan.
- "Bo-burnoma"ni varaqlar ekansiz.. tabiat man-zaralari chizilgan lavhalarga duch kelasiz. — "Fan va turmush".
- -Oʻzi juda ogʻir va aqlli yigit, buning ustiga qiziq tabiati ham bor, — dedi Usta Olim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. U
- [Vali aka\ tabiatining ogʻirligiga qaramay, oʻrnidan sapchib turib ketdi. — M. Ismoiliy — Fargʻo-na t. o.
- Mirzakarimboyning qizi Nuriniso-ning tabiatida yengillik bilan makr ustun turar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Doim zaxda oʻtirib ishlaganimdanmi yoki oʻzimning tabiatimda zaiflik bormi — ishqilib, koʻp vaqtdan beri bedarmon tortib yuribman. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Qodirqul:] Bu boyning tabiati shunaqa pastmi? — Hamza — Boy ila xizmatchi. Soʻfi tabiat 1) xarakteri, qiligʻi soʻfilarnikiga oʻxshash; 2) kechalari bedor, uxlamaydigan.
- Tomma-tom qochib ketayotganimni baʼzi uy-qusi ziyrak, soʻfi tabiat qari-qartanglar ham koʻrib qolgan edilar. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola. Tabiati koʻtarmaydi (yoki tortmaydi) Mijoziga toʻgʻri kelmaydi, koʻngli tortmaydi.
- Planetalarning fizik tabiati. j
- Turkiy tillarda choʻziq unlilarning tabiati.. koʻpdan mutaxassislarning diqqatini jalb qilib keladi. — "OʻTA".
- Tojiboyning Gulsumga jazmanligi toʻgʻrisidagi ga/iar esiga tushib, tabiati bir oz xira boʻldi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ahmad oʻz xonasiga kirsa, Tolib aka yoʻq ekan. Uning tabiati ravshan edi. — F. Musajonov — Himmat.
- Tabiati nozik odam. U odamning tabiatini qarangki..
- Tabiat bu diyorga shunday sehrli kuch ato etganki, uning tup-rogʻida har qanday oʻsimlik bahra oladi. — Gazetadan.
- Aslida tuproqni odil tabiat Taqsim ashagan-ku yer yuziga teng. — A. Oripov — Yillar armoni.
Kelib chiqishi
a. طَبِيعَة - borliq; tabiiy xislat; odatiylik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0