Izohli lug‘at
taxt
тахт
Ma’nolari
- . Rasmiy qabul va boshqa tantanali marosimlarda shoh, xon va amir oʻtirishi uchun saroy toʻriga oʻrnatilgan, maxsus bezatib ishlangan joy, hashamatli oʻrindiq.
- Podshoh, xon, amir lavozimi; podshoh-lik, xonlik, amirlik.
- qarshi isyon Sharq koʻksida toʻlib toshdi. Gʻay-ratiy.
- Mansab, lavozim (oʻrni).
- Taxtga chiqmoq (yoki oʻtirmoq, minmoq) 1)
- shoh, xon yoki amir lavozimiga koʻtarilmoq, hokimiyat tepasiga chiqmoq.
- ) biror vazifaga, lavozimga koʻtarilmoq.
Misollar
- Xon taxtda edi. Ung taraf kureyda Abdurahmon oftoba-chi va soʻlda shoir mulla Niyoz domla qoʻl bogʻ-lab oʻtirar edilar. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Shayboniyxon u bilan taxt ustidan tushmasdan soʻrashdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Abusaid toʻppa-toʻgʻri Arkka koʻta-rilib, katta hovlidagi qadimiy taxtga oʻtirdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Agar kushoyishi korin-gizni berib, taxt Jahongir mirzoga oʻtsa, siz uning eng ishongan rahnamosi boʻlursiz. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Zulm, taxtga
- Taxtda yolgʻiz boʻlishni, barcha ogʻziga tikilib oʻtiri-shini istardi Qayumxon. — F. Musajonov — Him-mat.
- Aslida bu otni Ulugʻbek mirzo Samarkand taxtiga chiqqan paytida Buxoro begi tuhfa etgan edi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- ..bir kuni odil bir amirzo-da Xuroson taxtiga oʻtirgach, zolimni ja-zolaydi, deb oʻylardi. Mirmuhsin, Meʼmor
- Xalilovning texnikasi, Xalilovning oʻzi ham eskirib qolgan emish. Sen qoch, men chiqaman taxtingga, degani emasmi bu tirmizakning. — I. Rahim — Ixlos. Taxtdan tushmoq (yoki yi-qilmoq) 1) shohlik, xonlik, amirlik lavo-zimidan ajralmoq, hokimiyat tepasidan tushmoq.
- Haydar ota shaharga borgan edi, "oq poshsho taxtdan tushdi" degan gapni eshitib qoldi. A. Qahhor, Asror bobo; 2) koʻchma s. t. vazifasidan, amalidan tushmoq, bekor boʻlmoq.
- Yaxshisi, oʻsha kuni, oshpazlik taxtidan tushgan kuning, oʻzingni osib qoʻya qolsang ham boʻladi. — Shuxrat — Shinelli yillar.
Kelib chiqishi
fors. – podshohning marosimlarda oʻtiradigan maxsus oʻrindigʻi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0