Izohli lug‘at
toj
тож
Ma’nolari
- Sohibi toj Toj egasi, taxt egasi, toj-dor, hokimi mutlaq. Toji davlat Davlat tojining sohibi, hokimi.
- ayn. gultoj.
- Baʼzi qushlarning boshidagi etdor oʻsimta.
- Biror narsaning yuqori, yetuk qismi, uning ifodachisi.
- Biror musobaqada gʻoliblik unvoni va shu gʻoliblik uchun kiydiri-ladigan kiyim.
- Quyosh atrofidagi, kun tutilish paytlarida yaxshi koʻrinadigan yorugʻ gardish.
- Gupchakka yoki boshqa asosga oʻrna-tiladigan gardishsimon qism.
Misollar
- Alisher va.. toji davlat boʻlmish Husayn Boyqaro haz-ratlari goʻdaklikda doʻst va hammaktab ekanlar. — Oybek — Navoiy. Toju taxt yoki taxtu toj Hukmronlik ramzi; hokimiyat, davlat.
- Bu olishuv, toju taxt talashuvlaridan faqat fuqaro azob chekadi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Buoʻt uchqunlari.. yaqinlarda birdan alangalanib yuzaga chiqadi, amirning taxtu tojini, uning homiylari bilan birga kuy-dirib kul qiladi. — S. Ayniy — Doxunda.
- Xoʻrozning toji. m
- Kelin darha-qiqat yosh, lekin xuddi qiziqchilikka se-mirganday yum-yumaloq; egnida yengsiz qizil koʻylak, boshida popishakning tojiga oʻx-shagan, lekin qizil shlyapa. — A. Qahhor — Toʻyda aza.
- ..katta terakka ikkita qush kelibqoʻn-di. Narining boshida toji bor. — S. Nurov — Narvoy.
- Inson barcha max-luqotning tojidir. — Oybek — Navoiy.
- -Chi-dash kerak. Sabr — inson irodasining toji, - dedi Joʻraxon. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Agar mazkur sheʼr bamisli bir qush boʻlsa, bu bayt uning toji-ku.. — S. Siyoyev — Avaz.
- Qurʼaga koʻra, birinchi par-tiyada oq donalarni toj talabgori suradi. — Gazetadan.
- Quyosh atmosferasining uchinchi, eng kalin va eng siyrak kotlami Quyosh toji deyiladi. — "Astronomiya".
- Shesternya toji. Toj shesternya.
Kelib chiqishi
a. £-13 - toj, gulchambar; jigʻa; gultoj
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0