Izohli lug‘at
uchramoq
учрамоқ
Ma’nolari
- Qarshisidan chiqmoq, duch kelmoq.
- Huzurida, suhbatida boʻlmoq; uchrashmoq.
- Qismatiga tushmoq, nasib boʻlmoq, yoʻ-liqmoq.
- Mavjud boʻlmoq, boʻlmoq.
- Duchor boʻlmoq, yoʻliqmoq.
Misollar
- Yoʻlda ikki otliq uchradi. Bu joy-da birorta tanish uchramadi. m
- Sel oqimi yoʻlida uchragan hamma narsani ostin-ustun qilib, shaharga bostirib kelardi. — Gazetadan.
- Otasiga uchrab, oʻzimni tanitdim, qimtinib, tortinib, arzimni aytdim. — "Mushtum".
- Ana shundan keyin Gʻulomjon shaharga tushib, toʻgʻ-ri hokimga uchradi. Uham mingboshiday yumshoq muomala qildi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Qoʻyaver, xotin, shu qizga ham menga oʻxshagan koʻsa kuyov uchrasin. — S. Ahmad — Hukm.
- Hech qayerda bunday ulgurji gʻanimat uchramadi. — A. Qahhor — Bashorat.
- Bu kasallik koʻpincha yoz oylarida tarqaladi va 2—8oylik qoʻzi, uloqlarda koʻproq uchraydi. — "Fan va turmush".
- Mening boshqalarda uchramaydigan yana bitta fazilatim bor. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Tavba deng, bolam, boʻydoqsiz, yana shunday tannozlardan biriga uchrab.. — "Guldasta".
- Umrim pakkasiga yetay deganda, xudoning qahriga uchradim, qi-zim. — K. Yashin — Hamza.
- Mariyaning baxtiga qarshi, amaki sil kasalligiga uchrab, ishdan qoldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0