ball.uz

Izohli lug‘at

BarchasiABDEFGHIJKLMNOPQRSTUVXYZO‘G‘ShCh

2,534 ta so‘z topildi

transformatorOʻzgaruvchan elektr tokining kuchlanishini oshirib yoki pasaytirib beruvchi apparat.Ko‘rilgan: 0transformatsiyaEnergiya yoki obʼyekt-larning biron-bir muhim xossa-xususiyati-ni transformator yordamida oʻzgartirish.Ko‘rilgan: 0transformatsiyalamoqTransformatsiya qilmoq, oʻzgartirmoq.Ko‘rilgan: 0transheyaharb. Jang olib borish, dushman zarbalaridan saqlanish, yashirin harakat qilish uchun moslashtirilgan, atrofi tuproq koʻtarma-li tor, uzun, chuqur zovur, xandaqKo‘rilgan: 0transkripsionTranskripsiya (1, 2)ga oid, transkripsiyaga asoslangan.Ko‘rilgan: 0transkripsiyatlsh. Biror tildagi nutq tovushlarining talaffuzini shartli belgi va harflar vositasida aniq aks ettirish; shu maqsad uchun xizmat qiladigan belgilar tizimi.Ko‘rilgan: 0transkripsiyalamoqTranskripsion belgilar bilan yozmoq, oddiy yozuv belgilarini transkripsiya belgilari bilan almashtirib koʻchirmoq. Matnni trans-kripsiyalamoq.Ko‘rilgan: 0transliteratsiya[trans.. + lot. lit-tera — harf| Biror alifbo asosida yozilgan matnlar yoki alohida soʻzlarni boshqa bir alifbo vositalari bilan harfma-harf aks ettirish. YevroKo‘rilgan: 0translyatsionTranslyatsiyaga oid, translyatsiya uchun xizmat qiladigan. Translyatsiyey radiouzel.Ko‘rilgan: 0translyatsiyaMusiqa, tasvir, nutq va shu kabilarni radio, televideniye, simli aloqa vositalari orqali muayyan masofaga uzatish, eshittirish, koʻrsatish.Ko‘rilgan: 0transparantShior yozib, rayem, surat solib ramkaga tortilgan, odatda orqa to-monidan nur tushirib yoritilgan mato yoki qogʻoz (namoyishlarda, reklama va eʼlon-larda foydalKo‘rilgan: 0transplantantToʻqima yoki aʼzoning transplantatsiya uchun foydalani-ladigan qismi, boʻlagi.Ko‘rilgan: 0transplantatsiyaOdam va hayvonlarda patologik jarayon natija-sida shikastlangan yoki olib tashlangan toʻqima va aʼzolar oʻrniga sogʻlomini koʻchi-rib oʻtkazish (bir organizm doKo‘rilgan: 0transportXalq xoʻja-ligining yuk va passajirlar tashish bilan shugʻullanuvchi tarmogʻi va uning vositalari.Ko‘rilgan: 0transportchiTransport xodimi.Ko‘rilgan: 0transportirGra-duslarga boʻlingan yarim doyra va chizgʻich-dan iborat burchak oʻlchash va burchak yasash asbobi; burchak chizgich.Ko‘rilgan: 0transportyorYuklarni joydan-joyga toʻxtovsiz uzatib turadigan qurilma; konveyer.Ko‘rilgan: 0transuranlar, transuran elementlarKo‘rilgan: 0tranzistorElektr signallarni (toʻlqin-larni) kuchaytiruvchi yarimoʻtkazgichli elektron asbob, element.Ko‘rilgan: 0tranzistorliTranzistor oʻrna-tilgan, tranzistori boʻlgan.Ko‘rilgan: 0tranzitBir mamlakatdan, joydan ikkinchi bir mamlakatga, joyga ular oʻr-tasidagi mamlakat, joy orqali passajir, yuk olib oʻtish, oʻtkazish.Ko‘rilgan: 0trapKema ichidagi, shuningdek, kemaga chiqish-tushish uchun xizmat qiladigan, arqon, yogʻoch yoki metalldan ishlangan maxsus narvon, zina.Ko‘rilgan: 0trapetsiyamat. Ikki tomoni oʻzaro parallel boʻlgan, qol-gan ikki tomoni parallel boʻlmagan toʻrt-burchak.Ko‘rilgan: 0trassaYerda yoki xarita-da kanal, yoʻl, gaz quvuri, aloqa liniyasi va shu kabilarning qanday oʻtishini yoki qanday oʻtkazilishi kerakligini yoki samolyot, ke-ma harakKo‘rilgan: 0traulerdeng. Baliq va b. dengiz jonivorlari-ni tral (konussimon toʻr qop) yordamida ovlash va ularga dastlabki ishlov berish uchun moʻljallangan dengiz kemasi.Ko‘rilgan: 0travmaJismoniy yoki maʼnaviy shikayet, lat.Ko‘rilgan: 0travmatizmBiror muhit, faoliyat sohasida sodir boʻladigan shikastlar, trav-malar majmui. Keyingi vaqtlarda trav-matizmga qarshi kurash masalalarini ishlab chiqish yoʻlidaKo‘rilgan: 0travmatologTravmatologiya boʻyicha mutaxassis, vrach.Ko‘rilgan: 0travmatologiyaTibbiyotning travmalarni oʻrganish, ular-ni davolash hamda oldini olish bilan shugʻullanadigan sohasi.Ko‘rilgan: 0traxeitTraxeya shil-liq pardasining sovuq yoki ayrim yuqumli kasalliklar oqibatida yalligʻlanishi.Ko‘rilgan: 0

O‘zbek tilining onlayn izohli lug‘ati

Ball.uz izohli lug‘ati o‘zbekcha so‘zlarning ma’nosini tushunish va matnda mos so‘zni tanlashga yordam beradi. So‘zning to‘g‘ri yozilishini bilish bilan uning ma’nosini bilish bir xil vazifa emas: izohli lug‘atda asosiy e’tibor so‘z nimani anglatishi va qanday qo‘llanishiga qaratiladi. Undan darsga tayyorlanishda, kitob o‘qishda, maqola yozishda yoki notanish atamani aniqlashtirishda foydalanishingiz mumkin.

Qidiruv maydoniga so‘z yoki uning bir qismini lotin yoxud kirill yozuvida kiriting. Natijalar ichidan kerakli so‘zni tanlab, uning alohida sahifasini oching. Qidiruv aniq moslikni topmasa, ayrim holatlarda yozilishi yaqin variantlar taklif etiladi. Taklif so‘zning aynan siz nazarda tutgan ma’noga mosligini kafolatlamaydi; tanlagan variantingizning izohini ham o‘qing.

So‘z sahifasida bazada mavjud ma’nolar beriladi. Bir so‘z bir necha ma’noga ega bo‘lsa, izohlar alohida bandlarda ko‘rsatiladi. Misollar va kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar mavjud yozuvlarda qo‘shimcha bo‘limlar ochiladi. Har bir so‘zda barcha bo‘limlar bo‘lishi shart emas. Misollar so‘zning gapdagi qo‘llanishini tushunishga, kelib chiqish ma’lumoti esa uning tarixiy yoki boshqa tillar bilan bog‘liqligini ko‘rishga yordam beradi.

Alifbo tugmalari orqali bir harf bilan boshlanadigan so‘zlarni saralash mumkin. Ro‘yxat sahifalarga bo‘lingan: har bir sahifada 30 tagacha yozuv ko‘rsatiladi. Lotin–kirill tugmalari so‘zlar va matnning yozuvini almashtiradi; bu boshqa tilga tarjima qilish emas. Saytning ruscha va inglizcha interfeysida ham lug‘at o‘zbekcha so‘zlarni izohlaydi.

Kerakli so‘zning alohida manzilini nusxalab, o‘quvchi, hamkasb yoki tanishingizga yuborishingiz mumkin. Agar aynan shu so‘z imlo lug‘atida ham mavjud bo‘lsa, uning sahifasida ikki lug‘at o‘rtasida o‘tish havolasi chiqadi. Shu tariqa so‘zning ma’nosi bilan yozilishiga oid ma’lumotni birgalikda tekshirish qulay. Bazada topilmagan so‘z esa avtomatik ravishda noto‘g‘ri yoki o‘zbek tilida yo‘q deb hisoblanmaydi.

Yozilishni tekshirish uchun Imlo lug‘ati · Kirill–lotin transliti

Manba: Vikilug‘at

Izohli lug‘at bilan imlo lug‘atining farqi nima?

Izohli lug‘at so‘zning ma’nosini tushuntiradi; misol va kelib chiqish ma’lumotlari bo‘lsa, ularni ham beradi. Imlo lug‘ati esa so‘zning yozilishi va mavjud imloviy ma’lumotlarini tekshirishga xizmat qiladi.

Kirill yozuvida ham so‘z qidirish mumkinmi?

Ha. Qidiruvga lotin yoki kirill yozuvidagi o‘zbekcha so‘zni kiriting. Lotin–kirill tugmalari natijaning yozuvini almashtiradi, ma’noni boshqa tilga tarjima qilmaydi.

Nega ayrim so‘zlarda misol yoki kelib chiqishi yo‘q?

Bu bo‘limlar faqat bazada tegishli ma’lumot mavjud bo‘lganda ko‘rsatiladi. Ularning yo‘qligi so‘zning noto‘g‘riligini anglatmaydi.

So‘z topilmasa nima qilish kerak?

Yozilishini tekshiring, so‘zning qisqaroq qismini kiriting yoki boshqa yozuvda qidiring. Yaqin variantlar chiqsa, ularning ma’nosini solishtiring. Bazada barcha so‘z va qo‘shimchali shakllar bo‘lishi kafolatlanmaydi.

Aynan bitta so‘zning havolasini yuborsa bo‘ladimi?

Ha. So‘z sahifasini oching va havolani nusxalash tugmasidan foydalaning. Yuborilgan manzil ro‘yxatni emas, tanlangan so‘zning sahifasini ochadi.

Lug‘atdagi ma’lumot qayerdan olingan?

Manba: Vikilug‘at. Saytda so‘zlar bo‘yicha bazada mavjud ma’no, misol va kelib chiqish ma’lumotlari ko‘rsatiladi.